Chor Rossiyasi, Sovet mustamlakachiligi va Milliy Istiqlol

Chor Rossiyasi, Sovet mustamlakachiligi va Milliy Istiqlol
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Uslubiy qoʻllanma
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 03:43:03
O’zbekiston tarixi» fanidan chor Rossiyasi, Sovet mustamlakachiligi va milliy istiqlol» davrlari bo’yicha uslubiy qo’llanma. Turkiy xalqlar yashovchi bapoyon xududlarni bosib olish Rossiya podsholarining azaliy orzusi edi. Bu boradagi amaliy harakat Ivan Groznыy zamonidan boshlangan edi. U. Qozon. (1552), Astraxon (1556), Sibir (1581-1590) xonliklarini bosib oladi va endi Turkiston xonliklari to’g’risida ma’lumot to’plashga kirishdi. Shu maqsadda 1558-1559 - yillarda Antoniy Jenkinson boshliq elchilarni Buxoroga yuborib josuslik ma’lumotlarini to’planganlari ma’lum. Rossiya hukumati XVII asr davomida 9 marta elchi yuborib Buxoro va Xiva xonliklarini ahvolini o’rgandi. Rossiya podshohi Petr I zamonida «sharqni egalla» siyosati yuritildi. Bu siyosatning tarkibiy qismlaridan biri Turkistonni egallash edi. Turkistonni bosib olish rejasi tuzildi. Xiva, Buxoro, Qo’qon xonliklarining g’arbiy, shimoliy va sharqiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, xonliklarni Rossiya tobeligiga olish maqsadida katta harbiy ekspedisiyalar uyushtirildi. 1715 - yilda sharqiy chegaralarda Buxgols rahbarligida, 1716-1717 - yillarda Xiva xonligida Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida harbiy ekspedisiyalar tajovuzkorona harakat qildilar. 1721-1724 - yillarda Flario Beneyev boshliq elchilar Buxoroda josuslik faoliyatini yuritdi. XVIII asr davomida Rus davlati qozoq va qirg’izlarning Kichik jo’z, O’rta Jo’z, Katta Jo’z xududlarini o’ziga bo’ysundirdi. Ularning xududida o’zbek xonliklariga bostirib borishda foydalanish uchun 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal’a va istehkomlar qurdirdi, ularga qo’shinlarini joylashtirdi.

Дабавлено : 2021-04-15 03:43:03

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш