Ushbu uslubiy qo’llanma talabalarning “Texnologiyaga kirish” fanidan olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashg`ulotlarda malaka va ko`nikmalar hosil qilishlarida hamda chizma eskizlarda tasvirlangan har bitta mavzu bo’yicha amaliy tajriba hosil qilishlariga yordam beradi. Hozirgi paytda respublikamiz sanoat korxonalari oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: uskunalarni zamonaviylashtirish, yuqori sifatli, chiroyli kiyimlarni ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish, tezda moslanuvchi yangi to`quv liniyalarini qurish, tikuvchilik tarmog`ini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun korxonalarni qayta qurish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish talab qilinadi.
Yangi kam operatsiyali texnologiyalar yaratish tikuvchilik buyumlariga ishlov berishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo`nalish hisoblanadi. Kiyimning (umuman, tikuvchilik buyumlarining), kiyim detallariga va uzellarining konstruksiyasida choklarni iloji boricha ko`proq kamaytirish, namlab-isitib ishlov berish uskunalarining vibromaneken singari bir jarayonli turlarida materiallarga ularning termoplastik xususiyati hisobiga shakl berish, biriktirish va bezash jarayonlarini birlashtirish (masalan, mag`iz, tasma qo`yishda), yelim materiallardan keng foydalanish va h.k. ana shunday kam operatsiyali texnologiyalar joriy qilinmoqda