Mexanika va molekulyar fizika

Mexanika va molekulyar fizika
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Uslubiy qoʻllanma
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 03:32:34
Ushbu uslubiy ko`rsatma fizika fanining “Mexanika va molekulyar fizika” bo`limlari bo`yicha tayanch kartochkalari to`plamidan iborat bo`lib, u talabalarning mustaqil ta`limini yo`naltirishga qaratilgan. Uslubiy ko`rsatma 17 ta tayanch kartochkasidan tashkil topgan va bularning 8 tasi mexanika bo`limiga tegishli. Tayanch kartochkalari tegishli rasmlar va formulalar, jadvallar bilan yoritilgan. Institut o`quv-uslibiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.Har qanday ta`lim singari, fizika ta`limi ham umumiy didaktik maqsadlarni – talabalarning ma`lumot, tarbiya olish va rivojlanishlarini ko`zlaydi. Bu maqsadlar orasida mazmuni bo`yicha ham, amalga oshirish uslublari bo`yicha ham hech qanday chegara yo`q – ta`lim berish jarayonida talabalar bilim va mahorat oladilar, ammo shu bilan birga ularga ma`naviy tarbiya berish va aqliy rivojlanishlari jarayoni ham ketadi. Fizika ta`limining ma`lumot berish maqsadini quyidagi ko`rinishda ifodalsh mumkin: - fizika faninig asoslari-asosiy tushunchalari, qonunlari va nazariyalari bilan tanishish; - talabalar ongida bizni o`rab turgan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish; - tabiiy-ilmiy tekshirish metodlarining asoslarini egallsh; - talabalarni amaliy malaka bilan qurollantirish va ijtimoiy mehtatga tayyorlash. Ta`lim maqsadlari ma`lum ma`noda u yoki bu o`quv materialining ahamiyatini baholashga imkon beradigan ta`qiqlovchi faktor bo`lib xizmat qilishi mumkin. U yoki bu masalaning ahamiyati uni asosiy dasturga kiritish kerakmi yoki mustaqil ta`lim dasturigami yoki uni butunlay dasturdan chiqarib tashlash mumkinligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Agar u dasturga kiritilsa, uni qay darajada o`rganish va o`rganishda nimalarni asos qilib, nimalarga ko`proq ahamiyat qaratish masalasida talabaga yo`llanma sifatida “tayanch kartochkalari” usulidan foydalanish ma`qul. Talabalarning mustaqil ta`limini tashkil qilishlarida tayanch kartochkalarining ahamiyati katta. Ta`limning, jumladan mustaqil ta`limning eng optimal usuli uni “tayanch kartochkalari” asosida olib borish, chunki bunda yodda saqlash, o`xshash faktlar bir zumda ko`z o`ngimizda gavdalanadi. Agar shu “tayanch kartochkalari”dan professor-o`qituvchilar o`z ma`ruzalarida ham foydalansalar nur ustiga a`lo nur bo`ladi. Ushbu uslubiy ko`rsatmada “mexanika va molekulyar fizika” bo`yicha “tayanch kartochkalari” jamlangan bo`lib u TTYMIning barcha yo`nalishlarda ta`lim olayotgan 1-kurs talabalari uchun “fizika” fanidan mustaqil ta`limlarini amalga oshirishda ko`rsatma sifatida tayyorlangan.

Дабавлено : 2021-04-15 03:32:34

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш