T a r m o q i q t i s o d i y o t i

 T a r m o q    i q t i s o d i y o t i
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Uslubiy qoʻllanma
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 03:23:17
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Tarmoq iqtisodiyoti” fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uchun vazifalar “Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash” yo’nalishidagi bakalavriat talabalariga ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun mo’ljallangan. Taklif etilgan vazifalarni o’qituvchi rahbarligida yoki mustaqil bajarish talabalarga ularni yyechish uslubini o’rganishga, temir yo’l transporti korxonalarida amaliy faoliyatga tayyorlashga ko’mak beradi. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida yuqori malakali mutaxassislarga bo’lgan talab ortib bormoqda. Rivojlanishning muhim shart-sharoitlaridan biri kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur kadrlar tayyorlashning milliy modelini yaratishni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bo’lganidek, temir yo’l transportida ilmiy-texnik taraqqiyot ta’siri ostida jamiyat, ishchi xodimlar tuzilmasida sifatli o’zgarishlar yuzaga kelmoqda, temir yo’l transportini texnik qurollantirilishi amalga oshirilmoqda. Bu o’z navbatida “yuqori umumiy va taraqqiy etuvchi madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faol, kelajakka vazifalarni qo’yish va yechish qobiliyatiga ega” yangi avlod kadrlari bilan tarmoqni boshqarishni takomillashtirish zaruriyatini qo’yadi. Bundan kelib chiqib, ushbu ishda taklif etilayotgan vazifalarni bajarish talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, temir yo’l transporti tuzilmaviy bo’linmalarining ish ko’rsatkichlarini rejalashtirish uslubini chuqur o’rganishga yordam beradi, ularni temir yo’l transporti korxonalarida amaliy ishga tayyorlaydi. Talaba amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun alohida daftarga ega bo’lishi zarur va unda o’rganilayotgan har bir mavzu bo’yicha taklif etilayotgan vazifalarni yechishi kerak. Vazifani bajarishga tayyorlanishda ma’ruza materiali va mavzuga oid boshqa manbalarni o’rganish lozim. Har bir mavzu bo’yicha savollar ro’yxati keltirilgan, ularga amaliyot mashg’uloti o’tkazilishiga qadar tayyorlanish kerak. Har bir mavzu bo’yicha talaba o’z vaqtida hisobot berishi va tegishli reyting ballini olishi kerak.

Дабавлено : 2021-04-15 03:23:17

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш