Yangi pedagogik texnologiyalar tushunchasi va mohiyatining tavsifi. Iqtisodiy fanlarni o’qitishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Makroiqtisodiyot fanini vaziyatli tahlil usulida o`qitish. Marketing tadqiqotlari mavzusini loyihaviy innovatsion uslubi asosida o’qitish texnologiyasi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgan. Mazkur huquqiy xujjatlarda ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda yangi pedagogik texnologiyalar fanini ahamiyati kattadir.
«Pedagogik texnologiyalar» fani talabalarni hozirda mavjud bo’lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan tanishtiradi va ana shu pedagogik texnologiyalardan mahorat bilan foydalanish malakasini shakllantiradi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalardan o’quv jarayonida foydalanish va o’quv jarayonining samaradorligini oshirish eng muhim masalalardan bo’lib hisoblanadi. Talabalar pedagogik mahoratning nozik jihatlari bilan tanishadilar. Pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanish o’quv jarayonida o’zlashtirishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish imkonini yaratadi. Pedagogik texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirish, talablar faolligini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan usullar majmuasini o’zida aks ettiradi.