Metodik qo’llanmada teri, nafas olish, buyrak, ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan og’rigan bemor bolalarni parvarish etish, shuningdek tibbiyot muassasalarida ishlarini tashkil etish, tibiyot etikasi va deontologiyasi, davolash va qo’riqlash rejimi to’g’risida ma`lumotlar berilgan. Metodik qo’llanmada kichik va o’rta tibbiyot xodimining vazifalari va huquqlari, ish joylari, sog’lom bolani parvarishi, kritik holatlarda shifokorgacha bo’lgan birinchi yordam to’liq yoritilgan. Shuningdek zamonaviy yangi avlod testlari ham berilgan.