Sharqiy davolash usullarining asosiy xususiyati bemorning butun tanasi va shaxsiy resurslaridan foydalanish, bemorni davolash jarayoniga faol jalb etishdan iborat – bu esa bemorni emas, balki kasallikni davolash usulidir.
Barcha shifokorlarning katta muammosi bo’lib qolgan dori allergiyasi, doriga qaramlik dorilarni kam qabul qilishga va ularsiz davolash yo’lini axtarishga majbur etadi. Shuning uchun ham talabalarga sharqiy davolash usullarini o’rgatish dolzarb masala hisoblanadi. Sharqiy davolash usullari dunyoda tan olingan va shifokorlar tomonidan keng qo’llanilib kelmoqda. Bu usullar iqtisodiy kamchiqimligi, qimmatbaho va murakkab jihozlar yordami qo’llanmasligi hamda salbiy ta`siri yo’qligi bilan afzal hisoblanadi.