“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim,
sog`liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va
telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo`shma
yig`ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Oliy va o`rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 134- va 62-sonli
qo`shma buyruqlariga asosan, umumta’lim fanlarining barcha yo`nalishlari
bo`yicha umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
hamda oliy ta’lim muassasalarining yuqori pedagogik mahorat va tajribaga
ega amaliyotchi o`qituvchilari, yetakchi olim, metodist va mutaxassislarni
jalb etgan holda 31 ta ishchi guruhi tuzildi.