Hozirgi dariy tilida turkiy o`zlashmalar
Har qanday milliy tilning lug`at tarkibi, uning jami
so`z boyligi mazkur millatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan
hodisadir. U doimo harakatda va o`sishda bo`ladi. Tilning rivojlanish samarasi
esa, asosan ikki omilga, uning ichki va tashqi o`sish manbalaridan qanday
foydalana bilishga bog`liq bo`ladi.