Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy
rivojlanishiga aholiga xizmat ko`rsatuvchi sohalarning o`rni va roli sezilarli bo`lib,
bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko`rsatish sohalariga qaraganda yuqori
sur’atlar bilan rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi
yillarda O`zbekistonda turizmni rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan masalalarga juda
katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo`llari
shakllanmoqda va qaror topmoqda.