Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi bo`lib, o`qituvchilarning uzluksiz malaka oshirishi tizimida mustaqil o`qishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion texnologiyalar to`xtovsiz rivojlanib borayotgan bugungi kunda o`qituvchi o`z ishiga ijodiy munosabatda bo`lishi, ta’lim-tarbiyaning ilg`or metodlarini muntazam o`rganib borishi va amaliyotga joriy etishi zarur.