Respublikamizda kurashning rivojlanishi. O’qituvchining ma’ruzasi: X asrda yashab ijod qilgan Abu Ali ibn Sinoning yozishicha, Milliy kurashning ikki turi bo’lgan. Shulardan bittasi, ikki erkak bir-birlarining belbog’larini ushlab o’ziga tortadi va har biri o’z raqibidan qutulishga harakat qiladi, lekin biri boshqasini qo’yib yubormaydi. Ikkinchi turi esa, ikki erkakdan biri ikkala qo’li bilan boshqasini quchoqlaydi. Bunda raqibning o’ng qo’li tagidan chap qo’lini o’tkazadi. Keyin raqibini o’ziga tortadi va aylantiradi.