Ilhomov Abdulazizning “Ko’makchili fe’liy birikmalarda boshqaruv munosabatlari (arab OAV asosida)” mavzuidagi bitiruv malakaviy ishida “boshqaruv” atamasi borasida ko’makchili fe’liy birikmalarda boshqaruv munosabatlari masalasidagi tilshunos olimlarning fikrlari o’rin olgan. Bundan tashqari fe’liy boshqaruvda eng ko’p ishlatiladigan ko’makchilarning tasnifi va ma’nolari, majhul daraja fe’llarining ko’makchilari bilan qo’llanishi, ko’makchilar bilan ko’p qo’llaniladigan fe’llar hamda ko’makchili fe’liy birikmalarning Arab OAVda qo’llanish holatlari bayon etilgan.