Ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fizika dasturi asosida yaratilgan bo’lib, uning maqsadi talabalarga dastur bo’yicha berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlariga erishishdir. Bu nazariy mashg’ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlash, masalalar yechish uslubiyati bilan tanishish va mustaqil ishlash malakalari va ko’nikmalari hosil qilish demakdir.