Umumiy va noorganik kimyodan laboratoriya ishlari

Umumiy  va  noorganik kimyodan  laboratoriya ishlari
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Laboratoriya ishi
Nashr etilgan yili:
2005
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 00:57:59
«Umumiy va noorganik kimyo» dan laboratoriya ishlari oliy o`quv yurtlari talabalari tomonidan kimyo fani bo`yicha o`tkaziladigan dastlabki tajriba ishlari hisoblanadi. Shuning uchun talabalarni, avvalo asbob va reaktivlardan foydalanish qoidalari hamda asosiy jarayonlarni aniq bajarish texnikasi bilan tanishtiriladi. Ma’ruza materiallarini mukammal o`zlashtirishda laboratoriya mashg`ulotlarining ahamiyati kattadir. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish va yo`lga qo`yishda laboratoriya hamda amaliy mashg`ulotlar – o`quv mashg`ulotlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Laboratoriya mashg`ulotlarini ma’ruza bilan parallel ravishda o`tkazilishi lozimdir, shundagina mashg`ulotlar unumli va foydali bo`ladi. O`tilgan material yuzasidan tajriba o`tkazilib, unda bayon etilgan fikrlarning to`g`riligiga amalda ishonganidan keyingina talaba ma’ruza materi-alini puxta egallaydi. Talaba har bir laboratoriya mashg`ulotini o`tkazishdan oldin, shu mavzuga oid materiallarni darslikdan va ma’ruza matnlaridan unga tegishli bo`limlarini o`qib chiqishi lozim. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan laboratoriya ishlari bajarish bo`yicha tuzilgan mazkur uslubiy ko`rsatma oliy o`quv yurtlarining bakalavriatura bosqichi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari, kimyoviy reaksiya tezligi va muvozanat, eritmalar va ularning xossalari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari hamda metallarning xossalariga oid tajribalar berilgan. Talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol va mashqlar keltirilgan. Shuningdek, uslubiy ko`rsatmada talabalarning ijodiy ko`nikmalarini rivojlantirish maqsadida laboratoriya tajribalarini bajarish uchun kerakli asbob va reaktivlar turi va ularga o`rinbosar bo`la oladigan boshqa asbob va reaktivlar ham ko`rsatilgan. Ayrim laboratoriya ishlarida esa o`rinbosar reaktiv va asboblarni talabalarning o`zlari tomonidan tanlanishi tavsiya etilgan. Ushbu uslubiy ko`rsatmadan oliy o`quv yurtlari bakalavriatura bosqichi talabalari hamda kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari o`quv jarayonida foydalanishlari mumkin.

Дабавлено : 2021-04-15 00:57:59

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш