Bugungi kunda nafaqat O`zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar jamoatchiligini tashvishga solayotgan suv resurslaridan, birinchi navbatda, davlatlararo ahamiyatga ega bo`lgan Amudaryo va Sirdaryo oqimlaridan oqilona foydalanish masalasi dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda.