Pul, kredit va moliya ishlab chiqarishni hamda tovar aylanishini tashkil
qiluvchi milliy jamg`armani oshishiga olib keluvchi iqtisodiy dastak hisoblanadi.
Pul, kredit va moliya munosabatlari jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida
mavjud bo`lib, u hammani o`ziga jalb qiladi va u bilan bog`liq bo`lgan
munosabatlar pul, kredit va moliya tizimlarini amal qilishini taqozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul va pul munosabatlari, kredit va kredit
munosabatlari, moliya va moliya munosabatlarining roli oshib boradi.
Pul, kredit va moliya bozori munosabatlarini olib borishning asosiy
vositalaridan hisoblanib, bozor mexanizmining samaradorligini ta`minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy pulimizni barqarorligini ta`minlash va ishlab
chiqarish, xizmat ko`rsatish korxonalarini samarali faoliyatini tashkil qilishning
asosi hisoblanadi.