O’simlik organizmida suv va suvda erigan moddalar doimo harakatda bo’ladi. Bu moddalarning harakati o’tkazuvchi to’qimalar orqali, ya`ni ksilеmadan suv va unda erigan moddalar pastdan yuqoriga, bunda ildizdan poya va bargga ko’tariladi (ko’tariluvchi oqim), floemadan esa assimilyatsiya natijasida hosil bo’lgan organik moddalar yuqoridan pastga, ya`ni bargdan poya va ildizlarga harakatlanadi (tushuvchi oqim).