Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma`ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini keys stadiylar orqali yanada boyitadilar. SHuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar echish, mavzular bo’yicha taqdimotlar, referatlar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.