Analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy asoslari va mеtodlarini ishlab chiqaradigan fandir. Shuningdеk, analitik kimyoning amaliy vazifasi moddalarning yoki ularning aralashmalarining tarkibini aniqlashdan iborat. Analiz qilishdan avval moddalarning sifat tarkibi aniqlanadi. So`ngra moddaning miqdoriy tarkibini aniqlashga o`tiladi.