Ushbu uslubiy ko`rsatma me’morchilik, dizayn va qurilish ixtisoslari bo`yicha ta’lim olayotgan II - III kurs talabalariga mo`ljallangan bo`lib, ayni paytda undan aspirantlar, me’morchilikka, qurilishga aloqador mutahassislar ham foydalanishlari mumkin.
Qo`llanmaning asosiy maqsadi talabani ixtisoslikka, me’morchilikka doir adabiyot bilan ishlashga o`rgatish va shu orqali chet ellarda nashr etiladigan maxsus oynomalarni o`qishga o`tishi uchun zamin yaratishdir.