Psixiatriya - ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik kо`rinishi, kechish xususiyatlarining о`rganadigan va ularning oldini olish, davolash va reabilitasiya usullarini ishlab chiqadigan tibbiyot fanidir. Psixiatriya umumiy psixopatologiya va xususiy psixiatriyaga bо`linadi. Xususiy рsixiatriya ruhiy kasalliklarning simptom va sindromlarini, ularning rivojlanishi, kechishida umumiy qonuniyatlar va tasnifini о`rganadi. Ruhiy kasalliklarni aniqlashda va bemorning ruhiy holatini tо`g`ri baholab, uning oqibatlari, shaxs xususiyatlari, kasallikning kechish jarayoni haqida ma’lum bir xulosaga kelish uchun katta axamiyat kasb etadi.