Uslubiy qo’llanma 5.650700 «Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish» bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan bo’lib, unda «Gidrotexnikaga kirish» fani bo’yicha o’tiladigan mashg’ulotlarning tarkibi, talabalar bilimini nazorat qilish usullari va oraliq hamda yakuniy baholash uchun tuzilgan savollar majmui keltirilgan.
Qo’llanma «GTI va NSF» kafedrasi (Bayon №1, 28,08. 2009 y.) va Agromuxandislik fakulteti uslubiy komissiyasi (Bayon № 3, 23.10. 2009 y.) tomonidan o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.