Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Masalan, supurdi fe’lida supurish harakatini bajaruvchi shaxs aniq, supurildi fe’lida noaniq, supurishdi fe’lida birdan ortiq, supurtirdi fe’lida esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalangan
Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo`shiladi.