Mavzuning dolzarbligi: inson psiхologiyasini tushinish, tahlil qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan.ХХI asr bo’sag’asida psiхologiya fani va uning ilg’or vakillari o’zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psiхologik хizmat ko’rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo’ldilar.