MS Word dasturi Microsoft Office 2007 ilova oynasini rasmiylashtirish, avval yaratilgan versiyalaridan tubdan farq qiladi. Bir tomondan, bu yangi versiyada dastur oynasining ixtiyoriy joyiga qo`yish mumkin bo`lgan birlamchi jihozlar paneli yo`qdir. Bu yerda ochiladigan menyularni ham ko`rmaysiz. Microsoft Office 2007 da faqat asosiy menyu qatnashadi. Uning ixtiyoriy bandini tanlab, dastur oynasining chegarasi bo`ylab gorizontal tasmada joylashgan, qiymat ko`rinishida keltirilgan va qo`llash uchun kerakli barcha jihozlarni olasiz.