Ekologiya muammosi davrimizning dolzarb muammolaridan biri bo`lib qoldi. Uning xavfi hatto yadro xavf-xataridan ham daxshatliroq bo`lib, butun yer shari xalqlarini tashvishga solmoqda. "Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi,- deb yozadi I.A.Karimov,- juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish - o`z-o`zini o`limga maxkum etish bilan barobardir"1.