1 Kimning ovozi bu? Kim kuylayapti? Bulbulmikan sayrayotgan? Sa`vamikan? Bulbul emas sayrayotgan, sa`va emas, Bay Vasilning go’zal qizi — Atina bu!
2 Bay Vasilni o’ldirishdi. Qoratog’ etagida, makkor yovning o’ntasiga bas keldi u bir o’zi. O’n birinchi yov tashlanib qilich sanchdi bag’riga... Yetti yoshli o’g’li Ilcho, go’zal qizi Atina yolg’iz uyda yolg’iz qoldi, yetim qoldi ikkisi.