“2004–2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy
dasturi” doirasida Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o`quv dasturlari, darsliklar va
o`quv qo`llanmalarini ko`rib chiqish hamda yangilarini yaratish bo`yicha
Hukumat komissiyasining 2004 yil 7 iyul 07-1-102-sonli bayoni bilan ishchi
guruhlari shakllantirilib, ular tomonidan umumiy o`rta ta’lim Davlat ta’lim
standartlariga berilgan sharhlar qayta ko`rib chiqilgan.
Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo`yicha o`quvchilar
o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar bir-biridan ajratildi
hamda sinflar kesimida alohida-alohida belgilab berilgan.
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog`liqni
saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar
kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo`shma yig`ilishi bayonida belgilangan
vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga ega
o`qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha
yo`nalishlar bo`yicha ishchi guruhlari tuzildi.