Ellik to’rtinchi yili Saidaxondan bir xat oldim. Unda avval ham xat yuborganini aytgan edi.
«Bilmadim, bu yuborayotganim xatmi, hikoyami yo boshimdan o’tgan savdolarmi? O`qigan bo’lsangiz, o’zingiz biron nima deb nomlarsiz...»
Saidaxon aytgan o’sha xat menga yetib kelmagandi. «Boshimdan o’tgan savdolar» deganidan xat yetib kelmagani ayon bo’ldi.
Qaytib keldim. Saidaxon bilan diydor ko’rishdik. Bir kuni u o’sha xatdan gap boshladi. Olmaganimni aytdim.
— Xatda ancha gap bor edi. Nimalar yozganimni hozir aytib berolmayman. Uyma-uy ko’chib yurganimdan xatning qoralamasi ham yo’qolib ketgan. Afsus, yuragimdagi 6utun dard-hasratlarimni qog’ozga to’kib, ko’nglimni bo’shatib olgan edim...