Tog’ cho’qqisi uzra otilib chiqayotgan buloqning havasni keltiradigan zilol suvi shiddat bilan pastga enar, uning tomchilari quyuq va bo’liq maysalarga, barglariga, gullariga osilib olishardi-da, so’ngra quyosh nurlarida ajib tovlanib, xohlaganicha o’zlarini ranglantirmoqda edilar. Maftunkor gullar bargining o’rtasiga qo’ngan ¬asalari ularni urug’lantirish evaziga shirasini so’rish bilan band. O’z «ishi»ni mohirona bajarib, manzili tomon zuvillab uchayotgan asalaridan minnatdor gul yaproqlari goho chapga, goho o’ngga tebranishadi. Asalari qo’nmagan gullar esa shabadadan kuch olishib, sheriklari poyasiga suykalishadi, ularni tabriklashadi, qut-baraka tilashadi.