Rohat buvi kattakon qora pechkaning eshigini ochib oyog’ini tovlayotgan edi, deraza ostida ko’zoynak taqib nevarasining yirtilgan kitobini yelimlayotgan choli urishib berdi:
— Seni pechkaga o’rgatib bo’lmadi-bo’lmadi... Nima, polni o’yib, sandal qilib beraymi? Pechka deganning eshigini ochdingmi, ko’mir osmonni isitadi deyaver!..