Kurs ishi 30-35 bet tushintirish yozuvi va 3 varak chizmadan iborat. Yozma hisobot 2 qismdan iborat bo`lib, ATKni texnologik hisobi qismida TXK va T bo’yicha yillik ish hajmini xisobi va ish turlari va bajarilish joyi bo’yicha taqsimlash, ishlab chiqarish ishchilar sonini hisobi amalga oshirilgan. Tashkiliy qismda payvandlash ustaxonasini maydonini xisobi, texnologik jarayon grafigi, texnologik xarita, ustaxonani tavsifi, ATKni bosh rejasini rejalashtirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan. Chizma qismi ATKni bosh rejasi ustaxona rejasi va TXK va T bo`yicha texnologik xaritadan iborat.