Boshlang’ich ta`limda ona tili, o’qish, tabiat, tasviriy san`at darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, O’zbekiston mening Vatanim mavzusini o’tishi uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga etish ko’rib chiqiladi va mavzu asosida rasm ham chiziladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib olishiga yordam beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Bu esa dars samaradorligini oshiradi.