Ushbu uslubiy qo`llanma dinamik sistеmalar turg`unligini tеkshirishda Lyapunov matritsa–funktsiyasi usulidan foydalanishga bag`ishlangan bo`lib, fizika–matеmatika fakultеtlarining yuqori kurs talabalari uchun mo`jallangan . O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishganidan so`ng, «Ta`lim to`g`risida»gi qonunni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni xayotga tadbiq etilishi bilan ta`lim tizimini takomillashtirish, fan va tеxnikani rivojlantirish uchun kеng imkoniyatlar yaratildi. Jumladan xalqaro talablarga javob bеra oladigan raqobatbardosh mutaxasislar tayyorlana boshlandi. Bunday mutaxasislar tayyorlashda xar bir fanning o`z o`rni bor bo`lib, xayot muammolarini xal qilishda fanlar va fanlar orasidagi bog`lanishlar muxim axamiyatga ega.