...Boyxon bu kunni ilhaq kutgan edi. Uzoq dashtda uloqib qolgan, iror o’tkinchi ulov sharpasiga umidvor ko’z tikkan yo’lovchidan u ham shu kunga mushtoq edi.
Boyxon tanasi taram-taram bo’lib ketgan daraxtga behol suyanib, chuqur-chuqur nafas oldi. Kulrang qorong’ulikka cho’mib borayotgan katta-kichik daraxtlar, baland-u past imoratlar, keng yo’lda g’iz-g’iz o’tib qaytayotgan mashinalar ko’z o’ngida betinim chayqalardi. Oyoqlari ostida bo’sh-bo’sh aroq shishalari, kolbasa burdalari-yu g’ijimlangan qog’oz parchalari sochilib yotardi.