Тransport vositalari tuzilishi va nazariyasi. O’zbеkiston Rеspublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng mamlakatimizda ko’p sohalarda islohatlar amalga oshirilmoqda. Ularning natijasida iqtisodiyotimizda sifat o’zgarishlari ro’y bеrmoqda. Mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish
jarayonlari amalga oshirilmoqda. Endilikda milliy iqtisodiyotimizning turli yo’nalishlarining tarkibiy qismlarni jaxon bozori bilan qiyosiy o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbеkiston milliy iqtisodiyoti – jami sohalar, assotsiatsiyalar, korxonalar, tashkilotlarninig yig’indisibo’lib, ular iqtisodiy tizimga umumiy qonunlar va rivojlanish maqsadlariga
asoslangan holda birlashgan.