Zemstvo vrachi Grigoriy Ivanovich Ovchinnikov o’ttiz besh yoshlarga borgan ozg’in va asabiy kishi bo’lib, o’rtoqlari orasida o’zining meditsina statistikasi bobidagi andak ishlari va «maishiy masala» deb atalgan narsaga mukkasidan ketganligi bilan mashhur edi. Bir kuni u ertalab palatalarni obxod qila boshladi. Vrach orqasidan, odatdagidek uning feldsheri, keksayib qolgan, yuzlari lo’ppi, moylangan sochlari silliq taralgan, qulog’iga zirak taqqan Mixail Zaxarovich ergashib borardi.