O’z shahrimda turgan vaktimda uning atrofidagi sayilgoh joylarning birisiga o’rtoqlarim bilan sayohat kilishga muvaffaq bo’ldim. Biz o’sha yerni aylanib yurgan vaqtimizda ko’zimizga bir nuroniy, yoshi ham anchaga borib kartayib qolgan, lekin o’zi hali barvasta, tetik suyaklari ham susaymagan, hech bir a’zosi bo’shashmagan va xullas soch oqarishdan boshqa hech qarilik nishonasi bo’lmagan bir chol ko’rindi. Shunda mening u bilan gaplashishga havasim kelib, o’zimdan-o’zim uning pinjiga kirgim va u bilan yaqin bo’lgim kelib qoldi. Keyin o’rtoqlarim bilan unga qarab ravona bo’ldim. Unga yaqinlashgan chog’imizda, u bizdan avval salom berdi va juda dilga yoqar, ma’qul gaplardan gapira boshladi. Gapga kirishib ketibmiz, hatto gap aylanib, uning hol-ahvoli, yoshi, hunari, hattoki uning ismi, nasabi, shahrini bilishgacha ham borib yetdi.