Ushbu uslubiy qo’llanma Noorganik kimyo fani bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarishga mo’ljallangan bo’lib, pedagogika institutlarining 5110300-Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi. Unda har bir laboratoriya ishi uchun qisqacha nazariy muqaddima, ishni bajarish tartibi va nazorat savollari, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati berilgan.
Uslubiy qo’llanma talabalarning Noorganik kimyo kursi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallashda hamda mustaqil ishlashlari uchun yordam beradi.