Qobil boboning ikki nabirasi Shavkat bilan Shuhrat qo`shni xonada o`ynab o`tirishar edi. Nima bo`ldi-yu, ikkovlari bahslashib qolishdi. Shavkat yugurib bobosining oldiga chiqdi-da: – Bobo, bobo! Kim odobli, menmi yoki Shuhratmi? – deb so`radi.
Qobil bobo hovliga chiqmoqchi bo`lib turgan edi. Uning kumush halqa qadalgan hassasi Shavkat bilan Shuhrat o`ynab o`tirgan uyda edi. – O`g`lim, avval mening hassamni keltirib ber, keyin men o`ylab javob beraman, – dedi nabirasiga. – Yo`q, avval aytasiz! – oyoqlari bilan yerni tepib turib oldi Shavkat. – Axir, o`ylab ko`rish kerak-da, – dedi Qobil bobo. – Unda hassangizni keltirib bermayman, – Shavkat qaysarlik bilan polga o`tirib oldi. – Keltirib bermayman.