Kuprivshitsa voqeasi qo’shiq bo’lsa arziydi, ruxsat eting, kuylab beray, qoyil qoling eshitib...
2
Besh bor qo’ldan-qo’lga o’tdi uzoq yili bu qishloq, yuzlab bolgar halok bo’ldi, qancha-qancha uy yondi, dalalarda kishnar edi egasiz qolgan otlar, buruqsagan o’t ichida yetimlar yig’lar edi.
3
Oltinchi bor hujum qildi dushman yana kuch to’plab, tog’ ichiga yashirindi — chorasiz isyonkorlar. So’nggi marta nazar soldi qishloq tomon Bay Krum, beixtiyor ko’z yoshlandi, lablar nedir so’zladi. Kim biladi ne dedi u? Reja tuzdi nelarga?! Balki qasam ichgandir u, yana qaytib kelishga, qonxo’r dushman kallasini nayzasiga ilishga! Balki o’ylar uyda qolgan ikki arzandasini. Uyda qolgan Liliana, Xristoni ezilib!
— Ataman, — der allakim. — Bo’ldi, endi ketaylik.
— Bo’ldi, — dedi ko’krak kerib bizning jasur Bay Krum. — Ketsak ketdik, ammo bilki, qaytishimiz muqarrar!