Shunday qilib, Alibek, Toshtemir va Lapas Abdumajidnin brigadasiga jo’nashdi. Abdumajid – brigadir. Tengdoshlar orasidan chiqqan birnchi amaldor. Bayram munosabati bilan brigadada tushlikka osh qilisharmish. Aroq ham bo’ladi, degan.
Kecha kechqurun ham bayramoldi, ham kelin ko’rdi, bahonasida Lapasnikiga to’planishdi. Lapas yaqinda Novvotga uylangandi. Anchadan beri sovxozda ishlayotgani uchun yangi oilaga sovxoz yangi uy berdi. Umuman, yig’ilib o’tirishga b ahona ko’p edi. Maktab davrini eslashdi. Alibek Zulfiyani yaxshi ko’rib qolganini, Abulxayr tuflisini bo’lg’usi qaynotasining derazasi tagiga tashlab qochganini… O’sha voqealarga ham to’rt-besh yil o’tib qo’yibdi. Endi qarabsizki, hammasi uylangan, bolali-chaqali, uy-ro’zg’or tashvishidan ortmay, telba-eskari yurishlarga yakun yasalgan. Soat kechasi uchdan o’tganda tarqalishdi. O’shanda Abdumajid toshib ketib, taklif kiritdi: «Bayramning davomini ertaga bizning shiyponda nishonlaymiz», degan.