U 1908 yilda Nyu-Yorkda kambag’al oilada tug’ildi. Kolumbiya Universitetini tugatgach, Drama maktabida o’qidi va tez orada o’zining bir qator pesalarini e`lon qildi. Asarlari ko’proq ekspluatatsiyaga, ishsizlikka va irqiy kamsitishga qarshi ruhda sug’orilgan.
Jessi yig’idan arang o’zini tutib turardi. U stulda Tomning kelishini kutib, yallig’langan oyog’iga dam berib o’tirganidan xursand va Tomning «Nega yo’q derkanman, albatta, xohlagan paytda ish boshlashing mumkin» deyishidan katta umid qilardi.
Ikki haftadan buyon u yomg’irli kechalarda uxlamay, ham ochiqib, Kanzas shahridan Missuri, Tulza va Oklaxomaga ko’chib yurib, oxiri qidirgan yerini topdi. Nihoyat, Tom xonaga kirib keldi. U Jessiga e`tibor bermaganday, shunchaki qarab qo’ydi. Uni tanimadi chamasi. Aslida, Jessi Tomning jiyani edi. To’g’ri, ular besh yil bir-biri bilan ko’rishmadi. Faqat Tom o’sha ilgarigi Tom edi. Yo Xudo, nahotki u shunchalik o’zgarib ketgan bo’lsa?