Islom (arab. — bo’ysunish, itoat etish, o’zini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islomdiniga e’tiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; ko’pligi "muslimun") deb ataladi. "Muslim", "muslimun" so’zining boshqa xalqlar orasida o’zgacha talaffuz etish (mas, forslarda — musalmon, o’zbeklarda — musulmon, qirg’iz va qozoqlarda — musurmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga e’tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tapqalgan. Jahonda qariyb 1,2 mlrd. kishi Islomgaga e’tiqod qiladi. Musulmonlarning 2/3 qismidan ko’prog’i Osiyoda yashaydi va bu qit’a aholisining 20% idan ortiqrog’ini tashkil etadi.