Ma`lumki, mazkur soha yangi bo`lganligi sababli, bu bilan bog`liq qator muammo va qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Jumladan, ko`pincha ular tashxis amaliyotida qo`llanilayotgan psixodiagnostik metodikalarning, ayniqsa o`zbek tilida kamligi, mukammal emasligi, milliy test normalarining mavjud emasligi bo`lib, bu o`z navbatida shu bilan bog`liq bir qator jihatlarni amalga oshiradi.