Istiqlol yuksak ilohiy ne`mat sifatida nafaqat turmush tarzimizga , balki madaniy –ma`naviy hayotimizga ham teran kirib bormoqda. Mamlakatimiz o`zining ilmiy va iqsodiy-siyosiy salohiyatini ham dunyo hamjamiyati oldida tobora yuksaltirmoqda. Qadimdan ilmu ma`rifatning beshigi sanalgan yurtimiz tarixini chuqurroq o`rganish, ajdodlar ma`naviy merosini tiklash bugungi kunning dolzarb masalalaridan etib belgilandi.