Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash usullari mavzusini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, 7-sinf o’quvchilarini bilim va ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mavzuning dolzarbligi. Eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega, eritmalarning eng katta sinfi suvli eritmalardir. Suv tirik organizmda erituvchi, ozuqa moddalarini tashuvchi, hayotiy faoliyatini ta’minlovchi turli jarayonlar amalga oshuvchi muhit (tana haroratini me’yorlashtirish, tanadan turli zararli moddalarni chiqarib yuborish kabi) sifatida alohida o’ringa ega. Inson tanasining uchdan ikki qismi turli eritmalar shaklidagi suvdan iborat.