Davlat ta’lim standarti talabiga binoan bilimlarni mustaqil ravishda izlanib o’rganish vazifasi hozirgi kunda eng dolzarb muommolardan biridir. Shu sababli fanlarning nazariy asoslarini amaliy ko’nikma darajasida o’zlashtirib olishda mustaqil ta’limning roli beqiyosdir.
Ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan fizika dasturi asosida yaratilgan bo’lib, uning maqsadi talabalarga dastur bo’yicha berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlariga erishishdir. Bu nazariy mashg’ulotlarda olingan bilimlarni mustahkamlash, masalalar yechish uslubiyati bilan tanishish va mustaqil ishlash malakalari va ko’nikmalari hosil qilish demakdir.
Mustaqil fizik masalalar yechishdan asosiy maqsad – fizik qonun va qoidalarni o’zlashtirish, ulardan to’g’ri foydalanish, fizik kattaliklar orasidagi o’zaro bog’lanishni o’rganish, asosiy formulalarni esda saqlab qolish, fizik qonun, qoida va hodisalarni tobora rivojlanib borayotgan hozirgi zamon Fan va texnikasiga, kundalik hayotga to’g’ri tatbiq eta bilishni o’rganishdir.
Ushbu uslubiy ko’rsatma Oliy o’quv yurtlarining ( BSIQ, MKK, YESTM,EE) va boshqa mutaxassisliklari yo’nalishlari bakalavrlari uchun muljallangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv dasturi, unga kiritilgan kursatmalar va asosiy talablarga javob beradi.