Ruxning atom massasi 65,39 (Z = 30)ga teng. Uning tabiatda tarqalgan barqaror izotoplari: 64Zn(48,87%); 66Zn(27,81%); 70Zn(4,11%); 68Zn(15,68%) bo’lib, radioaktiv izotoplari ichida eng muhimi 65Zn dir. Rux tabiatda birikmalar holida uchraydi, uning eng ko’p uchraydigan birikmasi rux sulfid ZnS (rux aldamasi) va rux karbonat ZnCO3 (galmey) lardir.